E'lon
2025-01-28 14:20:00 / Yangiliklar
Sog‘liqni saqlash tizimi davlat tibbiyot muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirish va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarning ilgʻor xalqaro tajribasini oʻrganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2021-yil 12 mayda ro‘yxatdan o‘tgan 3303-raqamli ”Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i bo‘yicha barcha tibbiy yo‘nalishlar kesimida tanlov e’lon qilinadi.
Nomzodlarning hujjatlari tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga malaka toifalarini berish va attestasiyadan o'tkazish yagona axborot tizimi (https://tibtoifa.ssv.uz/)ga onlayn tarzda yuklanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:
- talabgorning ish staji, oliy va o‘rta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarida o‘qiganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomalari, tibbiy yoki farmatsevtik maʼlumoti (oliy, o‘rta maxsus, internatura, klinik ordinatura, magistratura, ilmiy daraja, qayta tayyorlash) to‘g‘risidagi diplom (hujjat) va /yoki xorijiy taʼlim tashkilotida olingan oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom yoki oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjat (O‘zbekiston Respublikasida tan olingani to‘g‘risidagi) maʼlumotlari, shuningdek, xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlari elektron hamkorlik yo‘li bilan “Elektron hukumat”ning idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi (“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlarini olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, talabgordan mazkur maʼlumotlarni so‘rashga yo‘l qo‘yiladi);
- til bilish sertifikati (mavjud bo‘lsa);
- malaka oshirish (stajirovka o‘tash), qayta tayyorlashga o‘qishga qabul qilishga tayyor xorijiy tibbiyot oliy taʼlim muassasasi yoki tibbiyot markazi taqdim etgan hujjat (rasmiy xat yoki boshqa hujjat);
- xorijda malaka oshirish (stajirovka o‘tash, qayta tayyorlashga o‘qishga borishdan maqsad, o‘qish rejasi, vatanga qaytib kelgach olingan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish rejalari aks etgan insho (essay);
- oxirgi 2 yil ichida Davlat byudjeti hisobidan xorijda malaka oshirmaganligi haqida nomzodning tilxati.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: info@tmbm.uz, (+998) 71 202-03-31, (+998) 71 202-03-32.