Onamga jigarimni berishni roppa-rosa ikki yil kutdim...
2025-01-22 11:30:00 / Yangiliklar

Milliy tibbiyot markazida bo'lib o'tgan noyob operasiya — jigar transplantasiyasida poytaxtlik Abdurasul Abdumalikov o'z onasiga donorlik qildi.
U bu haqda shunday deydi:
"Onamga jigarimni berishni roppa-rosa ikki yil kutdim. Gap shundaki, onamda ushbu xastalik aniqlangan paytda men 16 yoshda edim. Qonunchiligimiz bo'yicha shaxs 18 yoshga to'lmagunicha o'z tana a'zolarini boshqalarga berolmas, ya'ni donorlik qilolmas ekan. Shuning uchun ikki yil kutishimizga to'g'ri keldi. Nihoyat o'sha kun keldi. Hozir onam o'zini yaxshi his etyapti. To'g'risi, bundan judayam baxtiyorman...”
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan bu haqdagi batafsil material keyinroq e'lon qilinadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
