Tadqiqot: ko'k choy Alsgeymer va dementsiya kasalliklaridan himoya qilishi mumkin
2024-12-17 14:25:00 / Yangiliklar

"Phytomedicine" akademik jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, asl ko'k choy tanani saraton kasalligidan himoya qilishda muhim rol o'ynashi mumkin.
Ko'k choy tarkibidagi antioksidantlar qarishga qarshi ta'sirga ega bo'lib, terining go'zalligi va navqironligini ta'minlashi mumkin.
Yana bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, ko'k choy ekstrakti bo'lgan preparatlar teri tuzilishini yaxshilaydi va mayda ajinlar paydo bo'lishini kamaytiradi.
Shuningdek, ko'k choy stress va xavotirga qarshi kurashda ham samarali. Misol uchun, asabiy holatni bartaraf etishga yordam beradigan aminokislota bo'lmish L-Teanin tinchlantiruvchi xususiyatga ega.
Qolaversa, avvalgi tadqiqotlarda ko'k choyni muntazam ichadigan keksa odamlarda kognitiv funktsiya pasayishi kamroq ekani aniqlangan.
Ko'k choy ekstraktidagi flavonoidlar miyadagi dofamin va serotonin darajasini oshirishga yordam berishi haqida dalillar ham mavjud.
Bundan tashqari, ko'k choy ekstrakti 24 soat ichida metabolizm tezligini 4 foizga, yog'lar oksidlanishini 17 foizga va insulinga sezgirlikni 13 foizga oshirishi mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
