Davlatimiz rahbarining shu yil 17 oktyabrdagi tegishli Farmoniga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining...
2024-12-10 15:20:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbarining shu yil 17 oktyabrdagi tegishli Farmoniga asosan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 50 yilligi munosabati bilan bir guruh xodimlar mukofotlangan edi.

Ular safida onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriy shifokor Adelina Lyubchich ham "sog'lom avlod uchun" ordeniga munosib ko'rilgan edi.
O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirining birinchi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi D.Sultanov mamlakatimizning Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi mas'ullari hamrohligida ayni paytda Moskva viloyatining Krasnogorsk shahrida istiqomat qilayotgan A.Lyubchichga mazkur mukofotni davlatimiz nomidan topshirdi.
O'z navbatida, faxriy shifokor bunday yuksak e'tibor va rag'bat uchun Prezidentimizga alohida minnatdorlik bildirdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
