"Sog'liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog'lig'ini saqlash" mutaxassisligi bo'yicha diplomdan keyingi ta'lim yo'nalishida qo'shma o'quv dasturlari...
2024-12-02 16:05:00 / Yangiliklar

Yaqinda qo'shma dastur doirasida "Sog'liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog'lig'ini saqlash sohasidagi xalqaro tajriba" moduli bo'yicha mashg'ulotlarning birinchi tsiklida hududlardan 30 nafar tinglovchi qatnashgan edi.
Bu galgi mashg'ulotlar tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi hamda Toshkent xalqaro Vestminster universitetining "tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi transformasiyasi" hamda "Sog'liqni saqlashni boshqarish, tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi bo'yicha ilg'or xalqaro tajriba" mavzusidagi malaka oshirish kurslarini birlashtirish asnosida tashkil etildi.
Mazkur qo'shma kursning rasmiy ochilishiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda Sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari Farrux Sharipov ishtirok etdi va so'zga chiqdi.
Qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining 2024 yil 5 sentyabrdagi "Davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, sog'liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, byudjet mablag'laridan samarali foydalanish hamda davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini respublikaning hududlarida joriy qilish shartlari, tartibi, muddatlari belgilab berilgan.
Ayni paytda vazirlik tomonidan ushbu tizimni yanada takomillashtirish, ilg'or xalqaro tajribani ta'lim jarayoniga tatbiq etish yo'nalishida izchil ish olib borilmoqda. Qo'shma malaka oshirish mashg'ulotlarida ham bunga alohida e'tibor qaratiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.






