Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
2024-11-25 18:05:00 / Yangiliklar

Qarorga ko'ra, tibbiyotning birlamchi bo'g'inida 30-65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro'yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko'rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.
Har yili 30-50 yoshdagi ayollarda bachadon bo'yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaktsiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik tsitologiyasi usulida tekshirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
30-65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o'tkaziladi.
Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog'liq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab:
onkonazorat xonalari uchun akusher-ginekolog shifokor hamda mobil va stasionar mammograflar ishini 2 ta smenada tashkil etish uchun rentgen-laborantlar Shtatlari joriy etiladi;
Mammografiya tasvirini o'qish markazi tashkil etiladi;
odam papilloma virusi diagnostikasi uchun qo'llanadigan test tizimlari sifatini nazorat qilish bo'yicha referens-laboratoriya faoliyati yo'lga qo'yiladi;
bachadon bo'yni va ko'krak bezi saratoni skriningiga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi.
2025 yil 1 mayga qadar:
bachadon bo'yni saratoni skriningi va ko'krak bezi saratonini erta aniqlash sifatini baholash va monitoring qilib borish tizimi;
skrining dasturiga kiritilgan ayollar bilan qayta aloqa qilish tizimi joriy etiladi.
