SSV: Toshkentda plazma markazi ochildi
2024-10-12 09:40:00 / Yangiliklar
Yaqin-yaqingacha bizda qon va uning komponentlari etishmovchiligi kuzatilar edi. Oqibatda har bir soniya hisobli bo'lgan shoshilinch holatlarda bemorlarga tibbiy yordam ko'rsatilishda kechikishlar kuzatilgani sir emas.
Toshkentda ochilgan yangi plazma markazi — ana shu muammolarga echim bo'ladigan ulkan investision loyihadir!
Nafaqat yurtimiz, balki Markaziy Osiyoda analogi bo'lmagan ushbu markaz Evropa standartlari asosida tashkil etilib, bu erda GMP tizimi joriy etildi. Buyuk Britaniya va Italiya kabi davlatlardan yuqori texnologik uskunalar keltirildi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada shu haqda batafsil so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati
