SSV: Toshkent shahar bolalar ko'p tarmoqli shifoxonasi foydalanishga topshirildi
2024-10-03 11:55:00 / Yangiliklar
Sog'lom avlod — davlat taraqqiyotining poydevori. Shu bois yurtimizda bolalarga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, yangi davolash-profilaktika muassasalarini barpo etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Ana shu e'tibor natijasi o'laroq bugun Toshkent shahar bolalar ko'p tarmoqli shifoxonasi foydalanishga topshirildi.
Uning tantanali ochilish marosimida Sog'liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimligi mas'ullari, shahar sog'liqni saqlash boshqarmasi, tuman tibbiyot birlashmalari vakillari ishtirok etdi.
SSV tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada ushbu tadbir tafsilotlari xususida so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
