Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilganiga 50 yil to'ldi
2024-09-27 09:35:00 / Yangiliklar
Shu munosabat bilan mazkur muassasada o'tkazilgan tadbir bevosita Prezidentimiz topshirig'i asosida xirurgiya markazida qad rostlagan akademik Vosit Vohidov haykalining tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi.
Bu erda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, hukumat a'zolari, senator va deputatlar, Sog'liqni saqlash vazirligi, tizimga qarashli davolash-profilaktika muassasalari, tibbiyot oliy o'quv yurtlari vakillari hamda xorijlik olimlar, tadqiqotchilar va soha faxriylari jam bo'ldi.
Marosimni Sog'liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov qutlov so'zi bilan ochdi.
Shundan so'ng akademik Vosit Vohidovning o'g'li Alisher Vohidov, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vladimir Porxanov va boshqalarning tabrik so'zlariga navbat berildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
