SSV: Respublika ona va bola salomatligi markazi direktori "Markaziy Osiyoda eng yaxshi tibbiy tashkilot rahbari" sifatida e'tirof etildi
2024-09-20 16:20:00 / Yangiliklar

Unda AQSh, Kanada, BAA, Daniya, Serbiya, Irlandiya, Mongoliya, Evropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari qatorida yurtimiz sog'liqni saqlash tizimi vakillari ham ishtirok etdi.
Anjumanda tibbiy yordam sifati va xavfsizligini ta'minlash, bu borada akkreditasiyaning o'rni, xalqaro standartlarni joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Tadbir doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Natalya Nadirxanova Sog'liqni saqlash sohasida sifat bo'yicha akkreditasiya markazi (ACQH) hamda akkreditasiya va sog'liqni saqlashni rivojlantirish bo'yicha Markaziy Osiyo Kengashi tomonidan "Markaziy Osiyoda eng yaxshi tibbiy tashkilot rahbari" sifatida e'tirof etildi.
Shuningdek, ushbu muassasaning Xorazm viloyat filialiga ACQH tomonidan xalqaro akkreditasiyadan muvaffaqiyatli o'tganligini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.
Ta'kidlash joiz, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xalqaro akkreditasiyadan o'tgan O'zbekistondagi ilk davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Uning Xorazm viloyat hududiy filiali ham bunday yutuqqa erishgani yurtimizda ona va bola salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro maydonda yuksak e'tirof etilishdan dalolatdir.
Qolaversa, xalqaro akkreditasiya ushbu tibbiyot muassasalarida bemorlarga jahon standartlariga to'liq javob beradigan tibbiy xizmatlar ko'rsatilishini anglatadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


