Yaqqol belgilarsiz rivojlanadigan uch xavfli kasallik haqida ma'lumot berildi
2024-09-09 17:35:00 / Yangiliklar

Xo'sh, buning sababi nimada?
Rossiyalik shifokor A.Xuxrev xorijiy OAVdagi chiqishida buning keng tarqalgan omillaridan biri haqida to'xtaldi.
Mutaxassis fikricha, ba'zi patologiyalarni dastlabki rivojlanish bosqichida ilg'ash qiyin. Chunki ular aksariyat hollarda aniq simptomlarsiz kechadi. Saraton, ateroskleroz va jigar kasalliklari shular sirasidan.
Masalan, saratonga erta bosqichda aniq tashxis qo'yish uchun tizimli tibbiy tekshiruvlar talab etiladi. U yaqqol belgilarsiz rivojlanishi mumkin. Xususan, oshqozon osti bezi va yo'g'on ichak saratoni xavfli bosqichga o'tgunga qadar, odatda, birmuncha "sokin" bo'ladi.
Shifokorning qo'shimcha qilishicha, xuddi shunday holat aterosklerozga ham tegishli. Negaki, u tegishli "signal"larsiz namoyon bo'ladi.
Jigar xastaliklari alomatlari ham darhol sezilmaydi. Boisi bu organda og'riq reseptorlari yo'q.
Yuqorida sanalgan kasalliklar ro'yxatida gipertoniya ham bor. To'g'ri, ba'zi bemorlar qon bosimi sal oshgani zahoti o'zini noxush his qilib, yaqqol belgilarni his qiladi. Ammo ayrimlar arterial bosimi 200 mm simob ustuniga ko'tarilmaguncha, organizmida hech qanday o'zgarishni ilg'amasligi mumkin.
Xorijlik vrach o'z mulohazalari yakunida shunday xulosa qiladi: erta va aniq tashxis orqali xavfli kasalliklarni samarali davolasa bo'ladi. Buning uchun aholi vakillari har yili chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o'tib turishi zarur.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
