O'qishni ko'chirish bo'yicha umumiy natijalar e'lon qilindi
2024-08-22 11:20:00 / Yangiliklar
Mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning 19-20 avgust kunlari o'tkazilgan test sinovi natijalari kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari qo'shilgan holda e'lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o'z natijalarini my.uzbmb.uz saytidagi "O'qishni ko'chirish (xorijiy va nodavlat) Natija" bo'limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.
