JSST: maymun chechagi epidemiyasi COVID-19 pandemiyasi darajasida global muammo tug'dirmaydi
2024-08-21 12:20:00 / Yangiliklar

Uning qayd etishicha, vahimaga berilishga hojat yo'q. Mpox epidemiyasini to'xtatish imkoni bor. Buning uchun zarur profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilishi kerak. Infektsiya o'choqlari aniqlangan va virus tarqalishi xavfi yuqori hududlarda vaktsinalar ta'minotini oshirish lozim.
"Maymun chechagi koronavirus darajasidagi o'ta jiddiy muammo emas, — deydi Xans Klyuge. — Biz mpox virusi bilan qanday kurashishni bilamiz".
Bayonotga ko'ra, iyun oyi oxiriga kelib, jami 116 mamlakat, jumladan, Markaziy Afrika Respublikasi, Burundi, Keniya va Ruandada kasallanish holatlari qayd etilgan.
Hozir qator davlatlarda virusning "Clade Ib" deb nomlangan yangi shtammi tarqalyapti. Ushbu mutasiya Kongo demokratik Respublikasida 500 kishining o'limiga sabab bo'ldi. Avgust oyi boshida Shvesiyada ham maymun chechagining xuddi shu turini yuqtirgan bemorlar ro'yxatga olindi.
Britaniyalik olimlar fikricha, "Clade Ib" mutasiyasi boshqa shtammlarga qaraganda yuqumliroq va nisbatan og'irroq asoratlarni keltirib chiqaryapti.
Shunga qaramay, X. Klyuge mpox virusining har qanday shtammini tegishli epidemiologik chora-tadbirlar hamda xastalikka qarshi vaktsinalar orqali nazorat qilish va jilovlash mumkin, degan xulosada.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
