"Sog'liqni saqlash loyihalari markazi" loyiha ofisida ishlashni istaysizmi?
2024-08-09 14:20:00 / Yangiliklar

Unga davlat tibbiy sug'urtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to'liq joriy etish, tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish hamda davlat xaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmasevtika sohasini isloh qilish, sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash kabi vazifalar yuklatildi.
Ularni samarali amalga oshirish uchun yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan, kreativ kadrlar zarur. Shu bois "Sog'liqni saqlash loyihalari markazi" loyiha ofisi bosh mutaxassis lavozimiga tanlov e'lon qilmoqda!
Talabgorlar:
sog'liqni saqlash va tibbiy ta'limni rivojlantirish bo'yicha kreativ takliflarni ilgari sura oladigan, izlanuvchan, jamoada ishlash qobiliyatiga ega;
sog'liqni saqlash tizimi birlamchi bo'g'ini, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar, tibbiy ta'lim va boshqa yo'nalishlardagi islohotlarda qatnashishni istovchi;
tibbiyot yo'nalishida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo'lishi;
bir nechta xorijiy tillarni bilishi kerak.
Agar siz yuqoridagi talablarga mos kelsangiz, rezyume (CV) va sohani qanday isloh qilish to'g'risidagi fikrlaringizni Word formatda quyidagi elektron pochta manziliga yuboring: info@healthprojects.uz
"Sog'liqni saqlash loyihalari markazi" loyiha ofisi manzili: Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi 4-uy (Sog'liqni saqlash vazirligi binosi).
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
