Andijon davlat tibbiyot institutining yangi o'quv binosi foydalanishga topshirildi
2024-07-25 17:20:00 / Yangiliklar

Bu erda 12 ta ma'ruza zali, jahon standartlariga mos simulyasiya markazi joylashgan. Bitta qavat to'liq stomatologiya yo'nalishlari uchun mo'ljallangan va u eng ilg'or stomatologik asbob-uskunalar hamda texnologiyalar bilan jihozlangan.
Binodan asosan klinik kafedralar o'rin olgan. Institut klinikasi va mazkur o'quv binosi o'rtasida telemedisina tizimi yo'lga qo'yilgan.
Unda klinikaning xirurgik bo'limlarida amalga oshirilgan operasiyalar to'g'ridan to'g'ri o'quv xonalariga translyasiya qilinadi. Talabalar ushbu jarayonda shifokorga o'z savollarini berish va shu paytning o'zida javob olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Shuningdek, 420 o'rinli faollar zali, garderob, 400 o'rinli oshxona ham talaba va institut jamoasi xizmatida.
Yangi o'quv binosining ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov ishtirok etdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
