Falokat oyoq ostida, deydilar
2024-07-01 15:35:00 / Yangiliklar
Falokat oyoq ostida, deydilar. Favqulodda og'ir jarohat olib, qon yo'qota boshlagan inson hayoti esa har soniya qil ustida. Yoki xastalik xuruj qilib, jon talvasasiga tushgan bemorga yordam ko'rsatish uchun soat millaridan ham tezroq harakat qilish zarur.
Ammo ba'zan odamlar orasida "tez yordam" imillab ishlaydi" yoki "tez yordam" kech keldi" qabilidagi e'tirozlarni ham eshitib qolamiz. Xo'sh, buning asl sababi nimada?
Yuqoridagi videolavhada shunday omillardan biri tasvirlangan. Vaholanki, yanglish manzil berilishi, yo'llardagi tirbandlik, xizmat mashinasiga yo'l bo'shatmaslik, ayrim mahallayu ko'p qavatli uylar ko'chalariga o'zboshimchalik bilan sun'iy to'siqlar qo'yilishi ham "tez yordam"ning kechikishiga sabab bo'ladi.
Shunday ekan, "tez yordam"ga har doim yo'l beraylik! Chunki u qaysidir yurtdoshimizning hayotini saqlab qolish, dardiga malham bo'lish uchun shoshilmoqda! O'sha inson bizning hamkasbimiz, do'stimiz, qarindoshimiz va yaqinimiz bo'lishi ham mumkin...
