BUGUN — YOSHLAR KUNI
2024-06-30 09:50:00 / Yangiliklar
Barchasi — kelajagimiz egalari bo'lgan yoshlarning bilim va ko'nikmalari, innovasion g'oya va tashabbuslari, kreativ yondashuvlariga bog'liq.
Sana arafasida Sog'liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudayarov tibbiyot tizimidagi yosh rahbarlar, shifokorlar va talabalar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda shu masalaga alohida urg'u berdi.
Muloqot ochiq ruhda o'tdi. Savollar ham, javoblar ham erkin formatda berildi. Vazir yoshlarni ertangi kunga ruhlantirdi. Ular bilan bog'liq maqsadu rejalarini ma'lum qildi. Yoshlar esa fikrlari, tashabbuslari, takliflarini ochiq-oydin bildirish imkoniga ega bo'ldi...
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavha ushbu tadbir tafsilotlariga bag'ishlangan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
