Bu yil 894 mingdan ortiq Abiturient o'qishga hujjat topshirdi
2024-06-26 16:05:00 / Yangiliklar
Bilim va malakalarni baholash agentligining ma'lum qilishicha, 2024/2025 o'quv yilida oliy va professional ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarida qatnashish uchun 894 279 nafar Abiturient ro'yxatdan o'tdi.

Abiturientlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo'yicha taqsimoti:
joriy yil bitiruvchilari – 410 334 nafar;
avvalgi yillar bitiruvchilari – 483 945 nafar.
Abiturientlarning gender tarkibi bo'yicha taqsimoti:
erkaklar – 431 806 nafar;
ayollar – 462 473 nafar.
Abiturientlarning ta'lim tili bo'yicha taqsimoti:
o'zbek tili -784 458 nafar;
rus tili – 84 774 nafar;
qoraqalpoq tili – 22 534 nafar;
boshqa tillar – 2 513 nafar.
Ma'lumot uchun, 2023/2024 o'quv yili uchun 1 mln. 18 ming, 2022/2023 o'quv yili uchun 1 mln. 214 ming talabgor o'qishga hujjat topshirgan edi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
