Asilbek Xudayarov tomonidan aytilgan iqtiboslar:
2024-06-25 18:25:00 / Yangiliklar

O'quv jarayoni haqida:
5-, 6-kursni yaxshi tamomlagan talabalarni nufuzli ish o'rinlariga vazirlik tomonidan tavsiya qilish amaliyotini joriy qilishni taklif qilaman.
Ishga joylashish jarayoni haqida:
Agar yosh mutaxassislarni ishga joylashishlari bo'yicha ta'magirlik holatlari kuzatilsa, to'g'ridan to'g'ri vazirga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi. Vakant lavozim mavjud bo'lganda, munosib yosh kadrning ishga joylashishini ta'minlaymiz.
Chet tili va mutaxassislik haqida:
Albatta, chet tilini bilish muhim. Lekin talaba malakali mutaxassis bo'lib etishishi uchun, avvalo, tibbiy bilim va ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirishi zarur.
Sun'iy intellekt haqida:
Kelajakda sun'iy intellekt bilan ishlamaydigan davlat idorasi qolmaydi. O'ylaymanki, Sog'liqni saqlash vazirligi bu borada ilg'orlardan bo'ladi.
