Sog'liqni saqlash vaziri va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tadi
2024-06-25 16:25:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda "yoshlar oyligi" doirasida 21 iyundan 26 iyunga qadar "vazir va yoshlar" hamda "rahbar va yoshlar" uchrashuvlari bo'lib o'tishi belgilangan.

Ushbu tadbir doirasida:
bugun 25 iyun kuni
soat 17:00 da
poytaxtimizdagi yoshlar ijod saroyida
Sog'liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov ishtirokida yoshlar bilan muloqot bo'lib o'tadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
