Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ...
2024-06-20 09:35:00 / Yangiliklar
Bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya, venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi dunyoning ko'plab nufuzli tibbiyot muassasalari va oliygohlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
Ushbu hamkorlik doirasida yaqinda markazga Rossiya Federasiyasi Markaziy davlat tibbiy akademiyasi professori, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining tibbiy ilmiy-o'quv markazi bosh ilmiy xodimi Andrey Lvov tashrif buyurdi.
Tajribali mutaxassis markazning Andijon va Samarqand viloyatlari hududiy filiallarida 120 nafardan ortiq bemorlarni ko'rikdan o'tkazib, ularga tegishli maslahatlar berdi. Shuningdek, taniqli professor tomonidan markaz mutaxassislari uchun mahorat darslari va o'quv seminarlari ham tashkil etildi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada shu haqda batafsil so'z boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
