Diqqat: Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga qabul tartiblari tasdiqlandi
2024-06-12 11:15:00 / Yangiliklar

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo'lgan 3 ta fan bo'yicha:
Ona tili (o'zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.
O'zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
Jami to'plash mumkin bo'lgan ball – 33 ball.
Kasb va mutaxassisligiga mos bo'lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo'yicha:
1-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.
2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.
Jami to'plash mumkin bo'lgan ball – 156 ball.
5 ta fan bo'yicha maksimal ball 189.
Faylni yuklab olish.
Eslatib o'tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro'yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
