Yodingizda bo'lsa, 2025 yil 26 avgustda Samarqand shahrida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husay
2026-01-22 14:25:00 / Yangiliklar
Yodingizda bo'lsa, 2025 yil 26 avgustda Samarqand shahrida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi podshohi Abdulla II ibn al-Husayn muzokaralari davomida bir qator yo'nalishlar, xususan, tibbiyotni raqamlashtirish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olingan edi.
Oradan o'tgan qisqa vaqt davomida bu boradagi amaliy sa'y-harakatlar boshlab yuborildi. Dastlab delegasiyamiz 2 marta Iordaniyada bo'lib keldi. Yaqinda ushbu davlat vakillari yurtimizga tashrif buyurdi.
Xo'sh, ushbu aloqalar doirasida qanday kelishuvlarga erishildi?
DMED tizimi mehmonlarda qanday taassurot qoldirdi?
Bu davlatning teletibbiyotni rivojlantirish borasidagi tajribasi bizga nima foyda beradi?
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali shu kabi savollarga javob topasiz.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
