Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan Orzuqulov Ma'rufjon Sobirjon o'g'li Jizzax viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'ining raqamlashtirish bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi
2026-01-16 19:00:00 / Yangiliklar

M. Orzuqulov 2021 yilda Latviya Resupublikasi transport va telekommunikasiya institutining bakalavriat, 2023 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida qator nufuzli xorijiy kompaniyalarda menejer sifatida ishlagan. Polsha, Ispaniya va Shveytsiyadagi oliy o'quv yurtlarida o'z yo'nalishi bo'yicha malaka oshirgan.
Tayinlovga qadar M. Orzuqulov qishloq xo'jaligi vazirligi qoshidagi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasining investisiyalar va innovasiyalarni jalb qilish boshqarmasi Jahon savdo tashkiloti masalalari bo'yicha bosh mutaxassisi lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Yangi rahbarga Jizzax viloyati tibbiyotini raqamlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish, axborot tizimlarining joylarda to'liq ishlashini ta'minlash, tizimga sun'iy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish hamda xodimlarning bilim va ko'nikmalarini oshirish kabi qator vazifalar yuklatildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
