Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Sog'liqni saqlash vaziri A.Xudayarovning
2025-12-24 15:00:00 / Yangiliklar
Ta'kidlanganidek, joriy yil 1 iyuldan boshlab 15 ta tuman va shaharda sog'liqni saqlash tizimining yangi modeli joriy etildi. Davlat byudjeti hisobidan davolanadigan kasalliklar ro'yxati tasdiqlanib, orfan kasalliklarda dori vositalari bilan ta'minlash tartibi ishlab chiqildi.
Birlamchi bo'g'in muassasasalarida 18-40 yoshli 12 million nafardan ziyod fuqaro profilaktikadan, 40 yoshdan katta 7 million nafar aholi yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabet, 800 mingdan ortig'i sil kasalligi bo'yicha skriningdan o'tkazildi.
Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari amaliyotiga 242 turdagi yangi diagnostika va davolash usullari joriy etilib, markaz filiallari amaliyotiga 7 ta yangi diagnostika va 10 ta davolash usuli tatbiq etildi.
Shuningdek, joriy yilda tez tibbiy yordam xizmatida ilk bor ixcham elektromobillar bazasida maxsus tez yordam brigadalari faoliyati yo'lga qo'yildi.
Majlisda sohani raqamlashtirish borasidagi ishlar yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirining o'rinbosari o.Omonov ham so'zga chiqdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati
