Xabar berganimizdek, bugun Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari
2025-12-23 19:10:00 / Yangiliklar
Xabar berganimizdek, bugun Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va Blogerlar uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga press-tur tashkil etildi.

Tadbir doirasida jurnalistlar bilan muloqot o'tkazilib, ishtirokchilarning barcha savollariga soha mas'ullari tomonidan batafsil javob berildi.
Markazning Toshkent shahar filiali shifokorlari ishsiz qolmaydimi?
— Yo'q. Toshkent shahar filialida ishlagan 449 nafar tibbiyot xodimining barchasiga poytaxtda ish taklif etildi. Hech kim ishsiz qolmaydi.
Bemorlar bepul davolanishda davom etadimi?
— Ha. Bepul diagnostika va davolash to'liq saqlanadi. Davlat dasturlari, imtiyozlar va shartlar o'zgarmaydi.
Eski binolar o'rnida nima bo'ladi?
— Filial joylashgan hududda barcha uchun ochiq yashil jamoat parki tashkil etiladi...
Batafsil javoblar, raqamlar va yangi markaz imkoniyatlari to'liq materialda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.








