Tahlillarga ko'ra, qariyb 1 million 600 ming nafar aholi istiqomat qiladigan Jizzax viloyatidan yiliga kamida 1000 nafar bemorning jarrohlik amaliyoti uchun
2025-12-23 11:55:00 / Yangiliklar
Tahlillarga ko'ra, qariyb 1 million 600 ming nafar aholi istiqomat qiladigan Jizzax viloyatidan yiliga kamida 1000 nafar bemorning jarrohlik amaliyoti uchun Toshkent shahriga borishiga to'g'ri keladi.
Endi bu masalaning oqilona echimi topildi. Jizzax viloyati ko'p tarmoqli tibbiyot markazi negizida Jizzax tibbiyot klasteri ishga tushirilishi natijasida hududda yashovchilarning respublika yoki qo'shni viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga qatnovi 75-80 foizga kamayishi kutilmoqda.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada shu haqda so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
