Sog'liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan seminar mamlakatimizda 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar bo'lib o'tadigan aholini va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarining ahamiyatiga bag'ishlandi
2025-12-04 16:00:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash vazirligida tashkil etilgan seminar mamlakatimizda 2026 yil 15 yanvardan 28 fevralga qadar bo'lib o'tadigan aholini va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirlarining ahamiyatiga bag'ishlandi.

Bu bilan aholi to'g'risida ma'lumotlar olish, uning soni va tarkibini joriy hisob-kitob qilish, mehnat resurslari joylashuvi va foydalanilishini o'rganish, hududlarda qishloq xo'jaligi tarkibiy holatini baholash va boshqa qator maqsadlar ko'zda tutilgan. Ushbu ijtimoiy-siyosiy tadbir tibbiyot xodimlaridan ham katta mas'uliyat talab etadi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan shu haqdagi videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.







