Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizda "XXI asrda ayollar salomatligi
2025-11-27 11:30:00 / Yangiliklar
Avval xabar qilganimizdek, poytaxtimizda "XXI asrda ayollar salomatligi. Ona va bolaning hayot sifati" mavzuidagi O'zbekiston akusher-ginekologlarining XI xalqaro Kongressi bo'lib o'tdi.
Ta'kidlanganidek, sohani isloh qilish asnosida yurtimizda mavjud barcha 230 ta tug'ruq muassasasi zamonaviy neonatal va akusherlik uskunalari bilan jihozlandi va barcha xodimlar ulardan foydalanish bo'yicha o'qitildi. Natijada esa chekka hududlarda ham eng murakkab amaliyotlarni bajarish imkoni yaratildi.
Bu kabi natijalar hamda oldinda turgan vazifalar muhokama qilingan Kongress tafsilotlari bilan SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali tanishishingiz mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
