O'zbekiston — Xitoy: tibbiyot yo'nalishidagi aloqalar yangi bosqichga ko'tarilmoqda
2025-11-12 14:50:00 / Yangiliklar

Ta'kidlab o'tilganidek, ikki mamlakat rahbarlari sa'y-harakati bilan o'zaro strategik va do'stona aloqalar izchil rivojlanmoqda. Sog'liqni saqlash yo'nalishida amalga oshirilayotgan investisiyaviy loyihalar shundan dalolat berib turibdi.
Masalan, joriy yil 1 sentyabrda Xitoyning Tyanzin shahrida o'tkazilgan SHHT sammiti doirasida ikki davlatning sog'liqni saqlash vazirliklari o'rtasida tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha hukumatlararo bitim imzolangan bo'lib, bu hujjat hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kadrlar tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish bo'yicha ham yaxshi hamkorlik yo'lga qo'yilgan. 2024 — 2025 yillar davomida 350 nafardan ortiq o'zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning yirik tibbiyot muassasalarida o'tkazilgan o'quv kurslari va seminarlarda qatnashib, bilim va ko'nikmalarini mustahkamladi.
O'z navbatida, xitoylik shifokorlar ishtirokida murakkab jarrohlik amaliyotlari muntazam o'tkazib kelinyapti. So'nggi 5 yil mobaynida ular bilan birgalikda ko'z kasalliklari, ayniqsa, katarakta bilan aziyat chekayotgan 3 mingdan ziyod bemorlarda jarrohlik muolajalari bajarilgani bunga yaqqol misoldir.
Umuman, bugun davlatlarimizning tibbiyot sohasidagi hamkorligi yangi bosqichga ko'tarilmoqda.
Muloqot davomida "GX" jamg'armasi bilan o'zaro munosabatlarni yanada kengaytirish, xususan, mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalariga toza ichimlik suvi etkazib berish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

