Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga qaratilgan yangi axborot tizimi joriy etilmoqda
2025-12-17 15:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Avval xabar berilganidek, yangi tizim yanada ochiq, adolatli va zamonaviy tamoyillar asosida rivojlanish yoʻlidagi navbatdagi muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Mazkur tizim joriy yilning iyul oyidan boshlab soliq organlari tomonidan test rejimida sinovdan oʻtkazildi. 2025-yilning 22-dekabridan esa tizim soliq to‘lovchilar uchun toʻliq test rejimida ishga tushiriladi.
Bunda elektron hisobvaraq-fakturalar shakllanganda tizim real vaqt rejimida ishlaydi. Faktura yuborilgan zahoti uning xavf darajasi koʻrinadi:
🔴 agar xavf darajasi yuqori boʻlsa – qizil belgi,
🟢 xavf darajasi past boʻlsa – yashil belgi qoʻyiladi.
Test rejimi davrida, yaʼni 2026-yil 1-yanvarga qadar, tizim orqali aniqlangan holatlar boʻyicha hech qanday choralar qoʻllanilmaydi. Ushbu bosqich faqatgina oʻrganish, sinovdan oʻtkazish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
Yangi tizim avvalgi soliq uzilishi, yaʼni “Tax gap” emas. Undan farqli ravishda operatsiyalarning butun zanjirini emas, ikki korxona oʻrtasidagi rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturani inson omilisiz avtomatik baholaydi.
Respublika boʻyicha rasmiylashtirilgan EHFlarning maksimum 10 foizini xavfi yuqori deb baholanadi, baholash natijasi real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Xavfi yuqori boʻlgan EHF boʻyicha QQS summasi sotuvchi yoki xaridor tomonidan budjetga toʻlanganda QQSni avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Yangi tizim orqali EHFni rasmiylashtirishda aniqlangan qoʻpol qonunbuzilish holatlari haqidagi misollar quyida keltirilgan:
➡️ Ulgurji savdo korxonasi transportsiz avtokran va yuklash xizmati koʻrsatmoqda
➡️1 trln soʻmlik shartnoma: beeʼtiborlikmi yoki huquqbuzarlik?
➡️ Ulgurji savdo korxonasi faoliyatsiz 250 mlrd so‘mlik EHFlarni rasmiylashtirdi
➡️ 1 kilogramm go‘sht va bodring 10 million so‘mdan – xatolikmi yoki soxta bitim?
➡️ Qovun 1,5 so‘m, tarvuz esa bir so‘mdan ham arzon – korxona soliqlarni to‘lamasdan milliardlab so‘mlik EHF rasmiylashtirgan
➡️ Motor moyi oʻrniga 106 mlrd soʻmlik qurilish mahsulotlari sotilsa...
