CRM tizimi qanday ishlaydi?


"Soliq xavfini kompleks boshqarish" avtomatlashgan tizimidagi soliq xavfini aniqlash boʻyicha mezonlar roʻyxati
Lozim darajadagi ehtiyotkorlik
Biznes hamkorning soliq qarzini tekshirish
Soliq xavfining tahlili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi bo‘yicha toifalash tartibi to‘g‘risida” nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Soliq xavfini boshqarish tizimi strategiyasi va taktikasini, axborot yig‘ish va uni qayta ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Quyidagilar soliq organlari tomonidan xavfni boshqarish tizimini qo‘llash maqsadlari hisoblanadi:
Soliq xavfi quyidagi manbalardan olingan maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi:
Soliq to‘lovchilar soliq xavfi darajasiga qarab past, o‘rta va yuqori xavfli toifalarga ajratiladi.
Soliq xavfi darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq auditi tayinlanadi. Soliq xavfi darajasi o‘rta va past bo‘lgan soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq organlari tomonidan Soliq kodeksida nazarda tutilgan boshqa soliq maʼmurchiligi tadbirlari qo‘llaniladi.