Soliq qo‘mitasi raisi hududiy soliq organlari faoliyati bilan tanishmoqda
2025-12-04 11:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Bugun Soliq qoʻmitasi Raisi Farrux Pulatov Sirdaryo viloyatida bo‘lib, hududdagi soliq organlari rahbarlari va shaxsiy tarkib bilan tanishdi, ish jarayonlari va mavjud sharoitlarni oʻrgandi.
Tanishuv jarayonida Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan ustuvor topshiriqlar, xususan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni kuchaytirish, soliq tushumlarini barqaror oshirish va qoʻshimcha soliq bazasini shakllantirish masalalari yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, yig‘ilishda sun’iy intellekt va raqamli tahlil texnologiyalaridan faol foydalanish orqali nazorat-tahlil jarayonlarini tubdan yangilash va soliq organlari faoliyatini yanada tezkor, aniq va xavfsiz platformalar asosida modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.


