Konstitutsiya yoshlar nigohida
2025-12-04 14:20:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Konstitutsiya kuniga bag‘ishlab “Konstitutsiya – Biz uchun, Biz esa Yurt uchun” mavzusi doirasida o‘tkazilgan uchrashuv barcha talabalar uchun qonun ustuvorligi va fuqarolik mas’uliyati haqida kengroq tasavvur berishga xizmat qildi.
Uchrashuvda Bosh qomusimizda belgilangan huquq va kafolatlar, soliq sohasidagi konstitutsion normalar hamda ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida amaliy misollar asosida tushuntirishlar berildi.
Tadbir so‘ngida faolligi bilan ajralib turgan yoshlar Soliq qo‘mitasi Raisining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati
