Tadbirkorlar diqqatiga – barqarorlik reytingiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda
2025-12-04 18:00:00 / Qo'mita yangiliklari

2025-yil 5-dekabrdan boshlab 26 ta shundan, 5 ta yangi va 11 ta takomillashtirilgan soliq intizomi va moliyaviy barqarorlik mezonlari asosida tadbirkorlik faoliyatini baholashning yangi elektron tizimi ishga tushadi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, Reyting baholash koʻrsatkichlari boʻyicha umumiy ball oxirgi 30 kalendar kunda amalda boʻlgan koʻrsatkichlar soni va ularga berilgan ballar yigʻindisining oʻrtachasidan kelib chiqib belgilanadi.
Mezonlar asosida shakllantiriladigan 100 ballik baholash tizimidan kelib chiqqan holda yuqori, oʻrta, qoniqarli va quyi reyting koʻrsatkichlari belgilanadi.
Barqarorlik reytingi bo‘yicha qo‘llanma
Barqarorlik reytingi toifalari va ballari soliq to'lovchining shaxsiy kabineti (https://my3.soliq.uz/) hamda Soliq mobil ilovasi Soliq biznes xizmatida mavjud.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi veb-saytida tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi ko'rish mumkin:
https://chamber.uz/contractor-rating
