Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-06-05 09:55:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar muhokama qilinib, dastlab Navoiy viloyati mahalliy byudjetining 2025-yildagi ijrosi bo‘yicha Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan tashqi audit natijalari to‘g‘risida Hisob palatasi mas’ul xodimi To‘ychiyev Hamza Xakimovichning axboroti eshitildi. Masala yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, Navoiy shahrining “Yoshlik” mahallasi hamda Karmana tumanida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish jarayonlarini amalga oshirishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiyada viloyatda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, turizm va infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish, yerlarning suv ta’minotini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishga qaratilgan dasturlarni tasdiqlash masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, viloyat sog‘liqni saqlash tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha tegishli doimiy komissiyalarning xulosalari eshitilib, qaror loyihalari deputatlar tomonidan ma’qullandi.
Sessiya yakunlariga ko‘ra, kun tartibidagi barcha masalalar to‘liq ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar deputatlar tomonidan ma’qullandi.

