NAVOIY SHAHRIDA BOZORLARNI RAQAMLASHTIRISH JARAYONLARI O‘RGANILDI
2026-06-02 09:15:00 / Aqlli shahar

Bozorlarda raqamli tizimlarni joriy etish natijasida savdo jarayonlarining shaffofligi ta’minlanib, hisob-kitoblar tizimlashdi va boshqaruv samaradorligi oshdi.
📈Eng muhimi, bozorlar raqamlashtirilganidan so‘ng tushum va daromad ko‘rsatkichlari sezilarli darajada o‘sgani kuzatildi.
🔺Shu bilan birga, bozor hududlarida jinoyat va huquqbuzarlik holatlari keskin kamayib, xavfsizlik va tartib yanada mustahkamlangan.
💻Raqamlashtirish — bu faqat texnologiya emas, balki aholi, tadbirkor va bozor ma’muriyati uchun har tomonlama qulaylik demakdir. Navbatlarni qisqartirish, nazoratni kuchaytirish, moliyaviy shaffoflik va xavfsiz muhit yaratish — raqamli bozorlarning asosiy ustunliklaridir.
🔺Bugun raqamli bozor — ertangi zamonaviy va samarali iqtisodiyotning muhim qismi hisoblanadi.


