Ijodkorga mukofot tantanali topshirildi
2026-06-01 10:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, mukofotni egasiga topshirdi va ijodkorga chuqur hurmat izhor etdi.
💠Viloyat hokimi o‘z so‘zida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, ijod ahlini qo‘llab-quvvatlash va ma’naviy hayotni yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini ta’kidladi. Ijod ahlining jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekanini qayd etib, Salima Umarovaning ijodi Navoiy viloyatining ma’naviy salohiyatini namoyon etayotganini alohida e’tirof etdi.
💠Salima Umarova ko‘p yillik sermahsul ijodi bilan o‘z maktabini yaratgan ijodkor sifatida tan olingan. Uning 20 dan ortiq kitoblari inson qadri, vatanparvarlik, mehr-oqibat va milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qilib kelmoqda. Ayniqsa, shoira tomonidan tashkil etilgan “Nihol” ijodiy to‘garagi orqali yuzdan ortiq yosh ijodkorlar adabiyot olamiga kirib kelgani, ularning o‘z yo‘lini topishida muhim maktab bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
💠Tadbir yakunida shoiraga yangi ijodiy yutuqlar, barqaror ilhom va xalq ma’naviyati yo‘lida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilab o‘tildi.




