Oila — jamiyatning tayanchi
2026-05-15 17:20:00 / Yangiliklar

Ayniqsa, o‘qituvchi oilasi — nafaqat farzand tarbiyalaydigan, balki butun jamiyat kelajagini shakllantiradigan muqaddas maskandir.
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Eng namunali oila” Respublika tanlovida Navoiy shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Madina Roziqovaning Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani — shahar ta’lim tizimining yana bir yuksak yutug‘i bo‘ldi.
Bu muvaffaqiyat zamirida oilaviy qadriyatlarga sadoqat, ustozlik sharafi, farzand tarbiyasiga bo‘lgan yuksak mas’uliyat va fidokorona mehnat mujassam.
Madina Roziqova oilasi bugungi kunda ko‘plab oilalar uchun haqiqiy ibrat va ma’naviy namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.


