HAM ZIYORAT HAM TAJRIBA SARI YOʻL!
2026-05-10 13:00:00 / Yangiliklar

Dastlabki manzil Imom al-Buxoriy majmuasi bo‘ldi. Bu muqaddas maskanda ikki tuman fermerlari hamjihatlikda ziyorat qilib, yurt ravnaqi, hosildorlik va qut-baraka tilab duolar qilishdi.
Ziyoratdan so‘ng safarning asosiy manzili — Jizzax viloyatidagi “Mirzachoʻl innovatsion qishloq xojaligi Azamat maktabi” tomon yo‘l olindi. Tashrif davomida fermerlar o‘tgan yilda Xitoy uslubida chigit ekib, yuqori hosilga erishgan tajribali dehqonlar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Dala maydonlarida agrotexnik jarayonlar, parvarish usullari va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tajribalar almashildi. Fermerlar amaliy tavsiyalar olib, yangi usullarni o‘z hududlarida qo‘llash yuzasidan fikr almashishdi.
Ikki tuman hokimlarining asosiy maqsadi — joriy yilda serhosil paxta navlarini yetishtirish, hosildorlikni oshirish hamda belgilangan rejalarni yuqori natijalar bilan bajarishdan iborat. Ayniqsa, bu yil ayrim maydonlarda Xitoy navlari ekilgani bois, ushbu texnologiyalarni chuqurroq o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ushbu safar fermerlar uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qildi.



