Normat Tursunov boshchiligidagi Navoiy viloyati delegatsiyasi Pokiston Islom Respublikasida
2026-04-28 17:55:00 / Yangiliklar

Jumladan, delegatsiya Sind bosh vaziri qarorgohida bosh vazir Said Murad Ali Shax bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki hudud o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, sanoat, investisiya, tibbiyot, logistika va savdo sohalarida yangi hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar Navoiy viloyati va Sind o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish hamda transport-logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida ikki hudud o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.


