Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mol olib kelinadi
2026-04-27 16:05:00 / Yangiliklar

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash, viloyatga Mo‘g‘uliston davlatidan zotli mayda shoxli mollarni olib kelish maqsadida bir guruh mas’ullar viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i O.Nizamov, “Uzagroxolding” kompaniyasi rahbari F.Muxiddinov, “Navoiy Agro-star” MCHJ direktori X.Amonov hamda navoiylik tadbirkorlar Mo‘g‘uliston davlatida bo‘lib turibdi.
Eng qulay shartlarni taqdim etgan Mo‘g‘ulistonning "BUJT" kompaniyasi bilan mayda shoxli mollarni import qilish bo‘yicha hamkorlikdagi dastlabki shartnomalarni imzolashga erishildi.
Ma’lumot uchun, "BUJT" — Mo‘g‘ulistonning chorvachilik sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyasi bo‘lib, direktori Sh. Bolor hisoblanadi. 2026 yil mart oyida kompaniya rahbariyati Navoiy viloyati hokimi bilan uchrashib, hududda chorvachilikni rivojlantirish va hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan edi.


