SARDOBA — YANGILANISH MARKAZIGA AYLANMOQDA
2026-04-26 18:55:00 / Yangiliklar
Karmana tumanining “Sardoba” mahallasi yaqin vaqtlarda mutlaqo yangi qiyofada namoyon bo‘ladi. Davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha nafaqat infratuzilmani yangilash, balki mahallada hayot sifatini tubdan oshirishga qaratilgan.

Endi bu hududda zamonaviy mikrosanoat va hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi, xizmat ko‘rsatish sohasi kengaytiriladi, yo‘llar ta’mirlanib, qulay transport muhiti yaratiladi, tungi yoritish tizimi joriy etiladi.
Bularning barchasi mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
Viloyat hokimi Normat Tursunov loyihaning borishi bilan yaqindan tanishib, “Sardoba”ni Yangi O‘zbekiston standartlariga mos, namunaviy mahalla sifatida shakllantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
Yaqin kelajakda “Sardoba” — zamonaviylik, qulaylik va imkoniyatlar uyg‘unlashgan hududga aylanadi.



