Navoiy viloyati sanoatida muhim voqea yuz berdi — “UNIGROUP NAVOIY” korxonasi ishga tushirildi
2026-04-21 11:30:00 / Yangiliklar
Mazkur zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi Navoiy sanoatni rivojlantirish majmuasi maxsus sanoat parki hududida barpo etildi. Qisqa muddat — atigi 10 oy ichida qurib bitkazilgan korxonada kosmetika va uy parvarishi mahsulotlarini ishlab chiqarishning to‘liq sikli yo‘lga qo‘yildi.

Yillik ishlab chiqarish quvvati — 85 million dona mahsulot
🔹 Mahsulotlarning 75 foizi eksportga yo‘naltiriladi
🔹 115 ta yangi ish o‘rni yaratildi
Loyiha Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali sanoat kooperatsiyasining yorqin namunasi bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro standartlar asosida tashkil etilgan.
To‘liq quvvatga chiqqach, korxonaning yillik aylanmasi 4,5 milliard rublga yetishi kutilmoqda.
Bu kabi yirik loyihalar hududimizda sanoatni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


