"Intellekt" musobaqasining ilk bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-04-09 12:25:00 / Yangiliklar
Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan “Intellekt” musobaqasining ilk ochilish o‘yinida viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirok etib, tadbirni tantanali ravishda ochib berdi.

Intellektual bahsda ishtirokchilar fevral va mart oylarida mutolaa uchun tavsiya etilgan "Boburnoma", "Yulduzli tunlar" hamda "O‘tgan kunlar" asarlari asosida tuzilgan “Zakovat” savollariga faol va bilimdonlik bilan javob berdilar.
Mazkur o‘yin viloyatdagi 8 ta huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar hamda muddatli harbiy xizmatchilar o‘rtasida yuqori saviyada tashkil etildi.
Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, yuqori natijalarni qayd etgan Adliya boshqarmasi jamoasi peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.



