Navoiylik o‘quvchi dunyoning TOP universitetiga qabul qilindi!
2026-03-27 12:00:00 / Ta'lim
Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Malika Salimova dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — The University of Hong Kongga talabalikka qabul qilindi.

Mazkur universitet xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallab, jahon miqyosida 11-o‘rinda (https://www.topuniversities.com/world-university-rankings) qayd etilgan hisoblanadi.
E’tiborlisi, Malika bundan avval ham o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, AQShning Haverford College oliygohiga yiliga 100 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan barcha xarajatlar qoplanadigan grant asosida o‘qishga qabul qilingan edi.
Bu kabi natijalar o‘quvchining izchil mehnati, puxta tayyorgarligi hamda zamonaviy ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanganining yaqqol ifodasidir.
