Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi faoliyati
2025-10-09 17:20:00 / Adliya sohasi

1. Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yilda (yanvar-oktabr oylari) jami 330 ta mahallalarda uyma-uy yurish, sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda umumuiy 95 391 ta xonadonlarda uyma-uy davomida 25 430 ming nafar fuqaroning huquqiy muammolari aniqlandi.
Aniqlangan muammolarning 22 foizi kommunal to‘lovlar va kommunal xizmat ko‘rsatish, 18 foizi tasi davlat xizmatlarini ko‘rsatish, 26 foizi tasi uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, 18 foiz tasi subsidiya olish hamda 16 fiz tasi ish haqi va mehnat munosabatlari bilan bog‘liq.
Ushbu davrda huquqiy muammolarning 83% ijobiy hal etib berildi.
Aniqlangan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan vakolatli tashkilotlarga nisbatan jami 418 ta ta’sir choralari, xususan 89 ta taqdimnoma, 11 ta ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida taklif, 318 ta da’vo arizasi kiritilib, aholiga 679 ta yuridik tusdagi huquqiy hujjat rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, fuqarolarga 11 350 ta huquqiy tushuntirish ishlari amalga oshirilib, 2 875 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Amaliy ishlar davomida fuqarolarning FHDYO bazasidan ularning yaqin qarindoshlari bilan ism-familiyasi mosligi tekshirilib chiqilib, axborot tizimidagi 136 ta fuqaroning xato va kamchiliklar bartaraf etilgan bo‘lsa, 603 nafar pensionerlarga soliq imtiyozlari qo‘llanilmaganligi aniqlanib, ularga nisbatan tegishli soliq imtiyozi qo‘llanilishi ta’minlandi.
Shuningdek, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan iste’molchilar o‘rtasida yangi xizmat ko‘rsatish shartnomalari tuzilishiga ko‘maklashildi va 27 mingdan ortiq xonadonlarga kommunal xizmat ko‘rsatish ahvoli yaxshilandi.
Mahallalardagi 204 nafar nikohsiz yashab kelayotgan fuqarolarning qonuniy nikohlari rasmiylashtirilib, ularga nikoh guvohnomasi berilishi ta’minlandi.
Uyma-uy yurish davomida fuqarolarga 4 301 ta sayyor davlat xizmatlari, 395 ta FHDYO xizmatlari, 526 ta notarius xizmatlari, 6 397 ta birlamchi bepul huquqiy yordamlar ko‘rsatildi va 342 ta huquqiy hujjat loyihalari tayyorlab berildi.
Boshqarma tomonidan 2025-yil 1 yanvaridan boshlab, har oyda viloyatning 11 ta tuman (shahar)da reja-grafikka asosan bittadan mahallada “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi bo‘yicha huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borilmoqda.
2. Boshqarma tomonidan yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish hamda metodik yordam ko‘rsatish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga 326 ta nusxa, mahalla yettiligi a’zolariga 4 138 ta nusxada metodik qo‘llanmalar tarqatildi va 10 ta hujjat loyihalarining namunalari tayyorlab berildi.
Viloyat hududidagi barcha mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari uchun har haftada bir marotaba “ZOOM” elektron platformasi orqali yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini sodda tarzda tushuntirishga qaratilgan “Mahallada huquqiy targ‘ibot kuni” loyihasi amalga oshirilib, Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali 2024-yilda 400 dan ortiq, 2025 yilda 483 ga yaqin qonun hujjatlari “mahalla yettiligi”ga yetkazildi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” faoliyatini metodik ta’minlash yo‘nalishida vazirlik tomonidan tayyorlangan 24 turdagi metodik qo‘llanmalar, mansab yo‘riqnomalari tarqatildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–103-son qarori mazmun-mohiyatini mahalla yettiligiga yetkazish yuzasidan 50 ga yaqin o‘quv-seminarlar tashkil etildi.
Boshqarma tomonidan 2025-yilda mahalliy davlat hokimiyat organlarining normativ tusdagi 238 ta qaror loyihalaridan 238 tasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, davlat hisobiga olingan va 2 ta qaror loyihasiga maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
Shundan, 212 ta yerga oid viloyat hokimligi qarorlari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, 212 tasiga ijobiy xulosa berilgan.
3. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilik hujjatlarini ijrochilarga yetkazishni samarali tashkil etish maqsadida boshqarma tomonidan viloyat bo‘yicha 2025 yilning o‘tgan davri davomida 4 320 ta manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, 38 mingga yaqin buklet, flayer va infografikalar, 57 ta qo‘llanma, 9 150 ta ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari tayyorlab tarqatilgan.
Shu bilan birga, boshqarma tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2312 marta, mehnat jamoalarida 464 marotaba, ta’lim muassasalarida 573 marotaba, maxsus maktab internatlari va tadbirkorlik sub’yektlarida 1321 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi, 208 marotaba sayyor qabullar tashkil etildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bilan 2023-yilning 3-oktyabr kuni imzolangan 1-sonli hamkorlik Memorandumiga asosan har bir tuman (shahar)da bittadan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Adliya sinfi” tashkil etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 24-maydagi PF–80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasida har bir mahallada “Tengdoshimga huquqiy yordam”, “Adliya kuni”, “Huquqiy targ‘ibot kuni” va “Huquqiy bilimlar oyligi” tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Shuningdek, firibgarlik va boshqa shu kabi jinoyatlari oldini olishga qaratilgan 4 mingga yaqin turli ko‘rinishdagi targ‘ibot materiallari (buklet va flayer) aholi gavjum joylarda, xususan DXM va FHDYO bo‘limlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarga tarqatildi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi hamda “Zukko kitobxon” tanlovi, “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida 140 taga yaqin tadbirlar o‘tkazildi.
Tuman va shahar adliya bo‘limlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 61 ta mahallada “Korrupsiyani oldini olishda har bir fuqaro mas’uldur” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilgan.
Shuningdku, yangidan saylangan 310 ta mahalla raislari uchun joriy ilning 20-28 may sanalarida tashkil etilgan o‘quv-senarlarda korrupsiyaviy omillarni oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, joriy yilning o‘tgan davri davomida 46 taga yaqin viloyat va tuman (shahar) darajasidagi davlat tashkilotlarida, 6 ta jazoni ijro etish muassasida, viloyatdagi 38 ta notarius va 125 ta advokalar ishtirokidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Adliya boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida telekanallar 11 marotaba hamda 18 marotaba radio (Navoiy FM-101.6) orqali chiqish amalga oshirilgan.
5. Hozirgi kunda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 400 dan ortiq davlat xizmatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 2025-yilda 544 962 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 24 426 ta sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan ko‘rsatilgan.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi FHDYO bo‘limlari tomonidan 2024-yil davomida 25 834 ta tug‘ilish, 7 541 ta nikoh, 1 271 ta nikohdan ajralganlik va 4 989 ta o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan bo‘lsa, 2025-yilda 18 638 ta tug‘ilish, 5541 ta nikoh, 1017 ta nikohdan ajralganlik hamda 3575 ta o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgan.
