Asosiy kontentga o'tish

Davlat tili va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

 

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi vazirlikning 2023- yil 3 -may 160-son buyrug‘i asosida joriy etilgan.
Vazirlik va uning tizimosti korxonalarida O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrdagi “O‘zbekiston  Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash bo‘yicha tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda.
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilot va muassasalarda  davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda  dasturlar va “yo‘l xaritalari”ning ijrosi tashkil etilgan.
Davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini tanqidiy o‘rganish, bu borada aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etish choralari ko‘rilgan.
Vazirlik va tizimdagi barcha tashkilot va korxonalarda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida korxonalarning nomlari, peshlavhalar to‘liq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishi taʼminlangan.
Vazirlik va uning tasarrufidagi tashkilotlarda mavjud kutubxonalarni lotin alifbosida chop etilgan sohaga oid ilmiy, siyosiy, texnik hamda badiiy adabiyotlar bilan boyitib borish ishlari davom etmoqda. Tizimdagi kutubxonalar O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar agentligi tomonidan til siyosatini takomillashtirish borasida tarqatilayotgan kitoblar bilan taʼminlanmoqda.
Shuningdek, vazirlik markaziy apparati va uning quyi tashkilotlari xodimlariga ish yuritish to‘liq lotin yozuvida bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan uslubiy yordam ko‘rsatib borilmoqda. Vazirlik tizimidagi barcha tashkilot va korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi 61-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan tayyorlangan va asosiy imlo qoidalarini o‘zida jam qilgan qo‘llanma ish yuritishda foydalanish uchun taqdim etilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5040-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4307-son Qarori

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi va tizimosti korxonalarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha umumiy maʼlumot (2023-yil)

828

Oxirgi yangilanish: 2024-09-18 15:04:02