“O‘zbek tilim, jonu dilim” shiori ostida diktant o‘tkazildi
2026-10-14 17:15:00 / Yangiliklar

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, uning tizimida ham soha vakillari o‘rtasida umumxalq bayramlarining g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish doirasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 14-oktabr kuni Oʻzbek tili bayrami kuni hamda “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 37 yilligi munosabati bilan vazirlik xodimlari orasida “Oʻzbek tili barchamizni birlashtiradi!” shiori ostida ommaviy diktant tadbiri oʻtkazildi.
Diktant jarayonida o‘zbek tilining imlo qoidalari, adabiy til me’yorlari va davlat tilida ish yuritish borasida vazirlik xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirda vazirlik xodimlari o‘zbek tili qoidalari bo‘yicha savollardan test sinovlarini topshirdilar, erkin mavzuda taniqli o‘zbek shoirlarining she’rlari o‘qildi, xalq maqollarini, ibratli hikmatlar bo‘yicha bilimlar mustahkamlandi.









