O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi va 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrik
2026-10-19 15:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, boy tariximiz va bebaho ma’naviy merosimizning yorqin ifodasidir. U xalqimizni birlashtiruvchi, qalblarimizni yaqinlashtiruvchi va avlodlarni bir-biriga bog‘lovchi buyuk qadriyatdir.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan tilimizni asrab-avaylash, uning sofligi va go‘zalligini saqlash hamda kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir. Kundalik faoliyatimizda davlat tiliga hurmat va e’tibor bilan munosabatda bo‘lishimiz, uning imkoniyatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishimiz Vatanimizga bo‘lgan mehr va sadoqatimizning amaliy ifodasidir. Bu ezgu yo‘lda har biringizning hissangiz va fidokorona mehnatingiz alohida qadrga ega.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt va xotirjamlik tilayman. Xonadonlaringizdan fayzu baraka, qalblaringizdan mehr va ezgulik arimasin. Yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli mehnatingizda kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!
Ona tilimiz hamisha e’zozda, yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod bo‘lsin!
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov
